AsosiyJamiyat

“O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi doirasida "O`zbekiston tarixiy xaritalari atlasi" chop etilishi ko`zda tutilmoqda

'“O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi doirasida "O`zbekiston tarixiy xaritalari atlasi" chop etilishi ko`zda tutilmoqda'ning rasmi

Markaziy Osiyoning qadimgi davrlardan to XX asrgacha bo`lgan davrdagi tarixiy kartografik manbalari fan tarixidagi qiziq mavzulardan biridir. Bunday xaritalar atlasini yaratish g`oyasi joriy yilning 19 sentyabrida Parijda bo`lib o`tgan “Yangilanayotgan O`zbekiston: nodir madaniy tashabbuslar” media iventi doirasida taklif etildi.

Mazkur ishning asosiy maqsadi hududning kartografik atamalari va chizmalari bilan bog`liq kartografik timsolining yangilashga qaratilgan.

Kartografiya tarixi bir tomondan sayohatlar va geografik kashfiyotlar, ikkinchi tomondan geosiyosiy kontekst bilan uyg`un holda tuziladi.

“Bu manbalarni ilmiy jihatdan qayta ta`mirlashda katta illyustrativ asoslar – sinchiklab tahlil qilingan hamda muallif, xaritaning yaratilgan vaqti va joyi haqidagi ma`lumotlar bilan boyitilgan xaritalar, talab etiladi, – dedi bo`lajak albomning muallifi, tarix fanlari doktori, ENS-CNRS arxeologik tadqiqotlar markazi ilmiy xodimi Svetlana Gorshenina (Fransiya). – “Markaziy Osiyoning kartografik manbalari tarixi” deb ataluvchi mazkur kitob o`zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.

    Boshqa yangiliklar