AsosiyDunyo

Thomas Cook sayyohlik firmasi faoliyatini to`xtatgani uchun minglab britaniyaliklar boshqa davlat hududlarida qolib ketishdi

'Thomas Cook sayyohlik firmasi faoliyatini to`xtatgani uchun minglab britaniyaliklar boshqa davlat hududlarida qolib ketishdi'ning rasmi

Buyuk Britaniya tinchlik davrida o`z fuqarolarini vatanga qaytarish bilan bog`iq yirik operasiyani amalga oshirishga majbur bo`lmoqda. Bunga esa sayyohlik kompaniyaisning bankrotga uchragani sabab bo`lmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Thomas Cook sayyohlik firmasi o`z faoliyatini to`xtatganini e`lon qilishi ortidan minglab Britaniya fuqarolari boshqa davlat hududlarida qolib ketishdi. Britaniya aviasiya boshqarmasi ayni damda hukumat bilan 150 mingga yaqin fuqaroni vataniga qaytarish masalasida ishlayotganini ma`lum qildi.

Thomas Cook kompaniyasi xizmatidan 16 davlatdan 19 millionga yaqin kishi foydalanib kelgan. O`z faoliyatini 1841 yili boshlagankompaniyaning bugungi kundagi qarzi bir milliard 700 mln funt sterlingga borib etgan. Kompaniya rahbariyati sayyohlardan uzr so`ragan. Kompaniya mijozlarida sug`urta polislari mavjud bo`lib, bu zaruriy holatlarda ularni uyiga qaytarishini kafolatlaydi. Kompaniya mijozlarining barchasi yaqin ikki hafta ichida ortga qaytarilishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar