O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi Farmoyishiga asosan bojxona xizmati podpolkovnigi Umarov Qahramon Akbarovich Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar Q.Umarov Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari lavozimida xizmat olib borgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi Farmoyishiga asosan bojxona xizmati polkovnigi Yusupov Doniyor Tavakkaljonovich Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar D.Yusupov Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig`i lavozimida xizmat olib borgan.
Bu haqida "Ko`prok bojxona haqida" kanali axborot berdi.






