Amerkaning Florida shtatida istiqomat qiluvchi Reychel Enn Xeyz (Rachel Anne Hayes) Facebookda do`stlar qatoriga qo`shishni rad qilganligi uchun o`z buvisini bir necha marta musht tushirgan, deya xabar qilmoqda WFLA. 27 yoshli ayol 72 yoshli buvisiga hujum qilganida mast holda bo`lganligi qayd etilmoqda.
Voqea joyiga etib kelgan polisiya xodimlari Enn Xeyzni darhol qo`lga olishgan. Payshanba kuni bo`lib o`tgan sudda ayol ishini yo`qotishdan qo`rqayotganligini aytgan va ko`zida yosh bilan uni garov evaziga qo`yib yuborishlarini so`ragan. Shu bilan birga Enn Xeyz buvisidan kechirim so`ramagan. Xeyz bundan oldin ham spirtli ichimlik ichish oqibatida yuzaga kelgan hodisa sabab uch marta qamoqqa olingan.
Keyinchalik buvi nevarasini ijtimoiy tarmoqda o`ziga Rachel Frickin Hayes nomini berganligi uchun qo`shishni istamaganligini aytgan.
19 dekabr kuni kechqurun Enn Xeyz o`n ming dollar garov puli evaziga ozod qilingan.





