AsosiyJamiyat

“Qamchiq” dovonida tabiiy ofatlar sodir bo`lish holatlari kamaytiriladi

BMT Rivojlanish dasturi ko`magida O`zbekistonda “Qamchiq” dovonida tabiiy ofatlar sodir bo`lish holatlarini kamaytirish bo`yicha loyiha ishga tushirildi, deya yozmoqda uz24.uz nashri.

Dovon mamlakat iqtisodiyotida muhim strategik ob`ektlaridan biri hisoblanadi. Aynan shu yo`l orqali Toshkentdan yo`lga chiqqan er transporti aholisi zich Farg`ona vodiysiga o`tadi.

“Qamchiq” loyihasining asosiy yo`nalishlaridan biri bu – xavfli meteoreologik vaziyatlarda kuzatish tizimini yanada takomillashtirish, mobil telefon uchun falokatni aniqlash bo`yicha ilova ishlab chiqish, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligining yangi veb-saytini yaratishdir. Bundan tashqari aholini turli ofatlardan ogoh qilish maqsadida hujjatli film tasvirga olinadi va maxsus jurnallar chop etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar