AsosiyShou-biznes

Toshkentda "Onam aytgan allalar" festivali bo`lib o`tdi

Mazkur alla ijrochilari festivali O`zbek Milliy akademik drama teatrida Respublika Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan o`tkazildi.

Unda taniqli san`atkorlar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari va yana bir qator san`atimiz vakillari qo`shiqlari bilan ishtirok etdi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligining axborot xizmati rahbari Dilfuza Qarshiboeva so`zlariga ko`ra, festivalning asosiy maqsadi qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalq og`zaki ijodiyoti bo`lgan alla janri orqali yosh-avlodning milliy qadriyatlarga bo`lgan dunyoqarashini o`stirish va ma`naviy tarbiyasini boyitishdir.

manba: uz24.uz

    Boshqa yangiliklar