Yilni sarhisob qilar ekanmiz, qonunchilik sohasida amalga oshirilgan ishlarni yodga olmaslikning iloji yo`q. Joriy yildagi o`zgarishlar va yangiliklar haqida gap ketar ekan, eng avvalo joriy yilning aprel oyida konstitusiyaga kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalar haqida eslatib o`tish lozim.
Bosh qomusimizga bugungi kungacha ettita o`zgarish kiritilgan bo`lsa, eng so`ngisi 2014 yil 16 aprelida qabul qilingan qonun asosida konstitusiyamizning 32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi. Unga ko`ra, “jamoatchilik nazorati” hamda “parlament nazorati” normalari qo`shildi. Shuningdek, Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat organlari vakolatlariga hamda saylov jarayonlariga oid qoidalarga o`zgartirish kiritildi.
Ushbu maqolani to`liq holda “Darakchi” gazetasining 48-sonida o`qish imkoniyatiga egasiz.
Obuna indeksi: 424





