AsosiyJamiyat

Qurolli Kuchlar akademiyasiga “Xalqaro Qizil Xoch” qo`mitasi delegasiyasi tashrif buyurdi

'Qurolli Kuchlar akademiyasiga “Xalqaro Qizil Xoch”   qo`mitasi delegasiyasi tashrif buyurdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda harbiy sohada tajriba almashish uchun turli davlatlar bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan.

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida “Xalqaro Qizil Xoch qo`mitasiningmintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Qurolli mojarolar huquqi” mavzusida o`quv kurslari tashkil etildi.

Ikki kun davomida olib borilgan o`quv kursida akademiyaning professor-o`qituvchilari va tinglovchilari, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari mutaxassislari ishtirok etishdi.

O`quv kurslari davomida delegasiya vakillari va ishtirokchilar o`rtasidasoha yuzasidan qizg`in munozaralar olib borildi hamda uning yakunlarida kelajakda soha yo`nalishini yanada takomillashtirish uchun istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar