Mazkur bayram turizmni targ`ib qilish, uning jahon hamjamiyati iqtisodiga qo`shgan hissasini yoritish va har xil mamlakatlar xalqlari o`rtasida aloqalarni rivojlantirishga yo`naltirilgan. U Jahon turistik tashkiloti Bosh assambleyasi (BMTJTT) tomonidan 1979 yilda ta`sis etilgan.
Mamlakatimiz turistik sohasini rivojlantirishga hissa qo`shayotgan - turistik tashkilotlar va mehmonxona komplekslari, muzeylar, teatrlar xodimlari, turistik polisiya vakillari - barchani chin yurakdan tabriklaymiz.
Turizm kuni - bu yil sayin O`zbekistonda ko`payib borayotgan sayohatchilar bayrami hamdir.






