Buxoro viloyatining turistik salohiyatini keng namoyish etish va targ`ib qilish maqsadida 27-28 sentyabr kunlari “Info-Tour” tashqil etilishi rejalashtirilgan.
“Info-Tour” ishtirokchilarini 26-sentyabr kuni, kechki soat 22:00 da Karvon avto shoh bekatidan kutib olindi.
27-sentyabr tadbirning ilk kunida mehmonlar:
- “Poykent” arxeolik yodgorligi;
- “Bukhara Tower” suv minorasi;
- “Aziya” mehmonxonasida turistik korxonalar bilan V2V uchrashuv;
- “Toqi Zargaron”dan “Ark” qo`rg`onigacha bo`lgan hududda “Xalqaro turizm kuni”ga bag`ishlangan bayramona faxriy karvon yurishi;
- “Ark” qo`rg`oni oldida tantanali bayram dasturi;
- “Shoxrud” AJ digustasiya markazi
- “VVS” korxonasining faoliyati va ko`rgazmasi bilan yaqindan tanishib, kun yakunida esa “Ipak yo`li” restoranida turizm kuniga bag`ishlangan madaniy bayram dasturi bilan tadbirning birinchi kuniga yakun yasaladi.

“Info-Tour” davomida viloyatlarning 20 ga yaqin turistik kompaniya vakillari hamda 20 dan ortiq OAV vakillari tashrifi rejalashtirilgan bo`lib, ular orasida “O‘zbekiston”, “Yoshlar” “Dunyo bo‘ylab”, “Sevimli” va “My5” telekanallari va “O‘zbekiston-24” radiosi hamda UZA.uz, Podrobno.uz, Daryo.uz, Nuz.uz, Kursiv.kz, Nurli Jo`l ijtimoiy tarmoqlari ijodkorlari shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat Qo`mitasi Milliy PR-markazi va Axborot xizmati vakillari hamda bir qator faol blogerlar ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati






