Avvalroq, 27 sentyabr kuni Bekobod shahar 15-maktabgacha ta`lim muassasasining 15 nafar tarbiyalanuvchilari zaharlangani, ular viloyat shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo`limiga holsizlik, tana haroratining ko`tarilishi, qorinda og`riq, ko`ngil aynishi, qayt qilish, ich ketish belgilari bilan olib kelingani va “o`tkir diareya” tashxisiga gumon qilinib shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandik
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati axborot berdi. Unga ko`ra, 15-sonli bog`chada zaharlangan bolalar soni 14 nafar bo`lib, ularga “o`tkir diareya gastro enterit” tashxisi qo`yilgan.
Holat yuzasidan voqea joyi ko`zdan kechirilib, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlardan namunalar olingan va tekshirish uchun viloyat Davlat sanitariya epidemologiya nazorat markaziga yuborilgan.
Bekobod shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






