Toshkent shahrining Bektemir tumanida subatdoshini gipnoz qilish orqali 2,5 million so`m pulini o`g`irlab ketgan shaxs qo`lga olindi, deb xabar bermoqda daryo.uz nashri «Na postu» gazetasiga asoslanib.
Qayd etilishicha, Bektemir tumanida 24 yoshli yigit oldiga bir noma`lum shaxs kelib, uni gapga solgan. Suhbat hayot tashvishlari mavzusiga borib ulanib,oxir-oqibatda yigit suhbatdoshiga 2,5 million so`mdan ortiq pulini berib yuborganini bilmay qolgan. Uning gipnoz qobiliyatiga egaligini taxmin qilgan jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tez orada jinoyatchi qo`lga olingan. U asli Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidan bo`lgan 24 yoshli shaxs bo`lib chiqdi.





