AsosiyJamiyat

O`zbekiston eng islohotchi TOP-20 davlatlar ichida

'O`zbekiston eng islohotchi TOP-20 davlatlar ichida'ning rasmi

Jahon banki: Biznes yuritishni engillashtirishda eng katta islohotlar amalga oshirgan dunyodagi 20 ta top davlatlar ichida O`zbekiston ham e`tirof etildi.

Jahon banki “Biznes yuritish” xalqaro reytingi doirasida oxirgi bir yil ichida biznesni yuritishda engilliklarni nazarda tutuvchi eng ko`p islohotlarni amalga oshirgan 20 ta davlatni e`tirof etdi. Bular ichida O`zbekistonda 5 ta yo`nalishda amalga oshirilgan qadamlar alohida tan olindi.

Jahon banki xabariga ko`ra, O`zbekiston oxirgi davrda minoritar investorlarni himoya qilishni mustahkamlagan, soliqlar to`lash tizimini soddalashtirgan, shartnomalarni ijrosini amalga oshirishni kuchaytirgan, shuningdek tashqi savdo yo`nalishida sezilarli yangiliklar kiritgan.

Bunday tashqari, tijorat tashkilotlarida mustaqil kengash a`zolari bo`lishi yuzasidan yangi talablar va audit qo`mitalarining mavqei mustahkamlandi.

Infratuzilma soliqlari foyda solig`i bilan birlashtirilgani ham alohida ta`kidlangan. Jahon banki mediasiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qadamlarni ham e`tirof etib, bu borada yagona huquqiy baza shakllanganini va mediasiyadan foydalanishni rag`batlantirish mexanizmlari joriy etilganini ta`kidlagan.

Bojxona sohasida esa xavf-hatarni tahlil qilish asosida tekshiruvlarni amalga oshirish tartibotlari kiritilganini ham ma`qullagan.


    Boshqa yangiliklar