AsosiyJamiyat

O`zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda. Ba`zi hududlarda yomg`ir yog`adi

'O`zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda. Ba`zi hududlarda yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazi 1—4 oktyabr kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Qoraqolpog`iston va Xorazm viloyati

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, 1-2 oktyabr kunlari kunduzi 15-20, 3—4 oktyabrda 18-23 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 1 oktyabrda 18-23, 2—4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 1 oktyabrda 18-23, 2—4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 1—2 oktyabrda 22-27, 3—4-oktyabrda 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari

Havo o`zgarib turadi, 1 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 2 oktyabrda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. 3—4 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishni o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 1—2 oktyabrda 18-23, 3—4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo`ladi.

O`zbekistonning tog`li hududlari

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishni o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar