AsosiyJamiyat

Qurolli Kuchlar akademiyasiga Rossiya delegasiyasi tashrif buyurdi

'Qurolli Kuchlar akademiyasiga Rossiya delegasiyasi tashrif buyurdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga Rossiya Federasiyasining «Rossotrudnichestvo» kompaniyasining yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari, iste`fodagi general-leytenant Viktor Nikolaevich Shulika boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Rossiya Federasiyasi delegasiyasi akademiyaning o`quv-moddiy bazasi va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga akademiya muzeyi, undagi noyob eksponatlar haqida ma`lumot berildi.

«O`qituvchilar va murabbiylar kuni» munosabati bilan «Rossotrudnichestvo» kompaniyasining O`zbekistondagi rahbari Qurolli Kuchlar akademiyasiga rus tilini o`rganish bo`yicha o`quv materiallari va adabiyotlarni taqdim etdi.

Ushbu tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning davomi sifatida e`tirof etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar