AsosiyDunyo

Akter Klint Istvud turmush o`rtog`i bilan ajrashdi

Gollivudning mashhur akteri va rejisseri Klint Istvud turmush o`rtog`i Dina Ruiz bilan ajrashganligini rasmiylashtirdi.

Istvudning xotini Dina Ruiz o`tgan yili oktyabr oyining oxirida ajrashish uchun ariza bergandi. Arizaga ko`ra, Ruiz aliment to`lanishini, shuningdek ajrashishdan keyin 18 yoshli qizi Morgan u bilan qolishini talab qilmoqda. Assoshieyted Press agentligining ma`lum qilishicha, Kaliforniya shtati okrug sudyasi Monterey Kaunti juftliklarning ajralishganligini tasdiqlagan. Ammo Istvud va Ruiz o`rtasidagi mol-mulk qanday taqsimlanishiga aniqlik kiritilmagan.

    Boshqa yangiliklar