AsosiyJamiyat

Zangiota tumanida 500 taga yaqin xonadon gazsiz qoldi

'Zangiota tumanida 500 taga yaqin xonadon gazsiz qoldi'ning rasmi

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi «Turkiston» hamda «Bog`ishamol» MFYlari hududida er osti gaz quvuriga shikast etkazilishi natijasida 492 ta xonadon gaz ta`minotidan uzilib qoldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Toshkent viloyati hokimligi:

«Obod qishloq» dasturi bo`yicha olib borilayotgan er qazish ishlari vaqtida er osti gaz quvuriga shikast etgan. Natijada 2019 yil 30 sentyabr soat 10:00 dan boshlab to nosozlik bartaraf qilinguniga qadar aholi vakillariga taqdim etilayotgan tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatilgan.


Toshkent viloyati hokimligi nosozlik qachon bartaraf qilinishi va aholi gaz ta`minotiga qachon ulanishiga aniqlik kiritmagan.

    Boshqa yangiliklar