AsosiyJamiyat

Samarqandda ham shifokor kaltaklandi

'Samarqandda ham  shifokor kaltaklandi'ning rasmi

29 sentyabr kuni Samarqand shahar tez tibbiy yordam bo`limi xodimini chaqiriqqa kelgan vaqtda mast holatda bo`lgan notanish kishilar kaltakladi. Bu haqda «Daryo» muxbiriga xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, ertalab soat 06:40 atrofida shahar tez tibbiy yordam markaziga chaqiriq bo`lgan. Chaqiriqqa navbatchi shifokor 53 yoshli Nariman Mamutov borgan.

«Kechasi bilan navbatchilikda o`n beshga yaqin chaqiriqqa chiqdim. Ertalab soat 06:40 atrofida so`nggi chaqiriqqa yuborishdi. Manzilga etib borib bemorga yordam ko`rsatdik. Katta yo`ldan ketayotganimizda tez tibbiy yordam mashinasida bemor o`zidan-o`zi bizga tashlanib, ikki-uch marotaba boshimga urib, qo`limni xuddi itdek tishlab tortdi», — deydi Mamutov.

Tez yordam mashinasida bo`lgan bemorning bunday harakatidan so`ng, yordamchi hamshira qo`rqib qolgan. Uning shifokorga ikkinchi bor tashlanishi chog`ida bemorning sherigi uni ushlab qolgan. Nariman Mamutov notanish kishidan arang qutilib ularni ichki ishlar xodimiga topshirgan.

«Men shifokorlarni hech qanday sababsiz urgan fuqaro jazosini olishini istayman. Shifokorlarga qo`l ko`tarayotgan odamlarga jiddiy chora ko`rilmayotganligi uchun ham ularni urib yotibdi. Qandaydir chora ko`rish kerak. Axir biz umrimizni oxirigacha insonlarni salomatligi uchun xizmat qilamiz-ku? Shifokorlarning huquqini himoya qiladigan qonun ishlab chiqish kerak», — deya ta`kidlaydi Nariman Mamutov.


    Boshqa yangiliklar