Markaziy bank xorijiy valyutalarning 1 oktyabrdan amal qiladigan yangi rasmiy kurslarini e`lon qildi.
Unga ko`ra, dollarning rasmiy kursi 9446,65 so`mga teng bo`lib, o`tgan haftadagiga nisbatan 22,11 so`mga qimmatladi. Evro esa 50,27 so`mga arzonlab, 10332,75 so`mni tashkil etdi.
Eslatib o`tamiz, 24 sentyabrdan dollarning rasmiy kursi 9424 so`mga etgan edi.






