AsosiyDunyo

Xitoyda 17 yil yashirinib yurgan jinoyatchi dron yordamida topildi

'Xitoyda 17 yil yashirinib yurgan jinoyatchi dron yordamida topildi'ning rasmi

Xitoyda 17 yil yashirinib yurgan jinoyatchi kichik g`orda topildi. Bu haqda BBC News nashriga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Sun Szyan ismli jinoyatchi ayollar va bolalarni sotishda aybdor deb topilib, Yunnan viloyatidagi qamoqxonaga jo`natilgan. Biroq u 2002 yilda turmadan qochishga muvaffaq bo`lgan. Polisiya uzoq vaqt uning iziga tusha olmagan, biroq joriy yil sentyabr boshida uning ehtimoliy joylashgan o`rni haqida ma`lumot olgan.

Polisiyaga ma`lum bo`lishicha, jinoyatchi o`zi yashagan shahardan uzoq bo`lmagan tog`da yashirinib yurgan. Dastlab qochoqni izlash muvaffaqiyat keltirmagan. Biroq keyin polisiya dron qo`llashga qaror qilib, jinoyatchini topishga muvaffaq bo`lgan. Aniqlanishicha, jinoyatchi shu uzoq yillar davomida kichik g`orda yashirinib yurgan. Polisiyaning ma`lum qilishicha, u shunchalik ko`p vaqt yolg`izlik bo`lganki, so`zlashishni ham unutib yuborgan. Bundan tashqari, u yillab yuvinmagan. Qochoq turmaga jazo muddatini o`tash uchun jo`natilgan.

    Boshqa yangiliklar