AsosiyJamiyat

O`zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

'O`zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati markazi 1 - 4 oktyabr kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 1-2 oktyabrda 15-20 daraja iliq, 3-4 oktyabrda 18-23 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 1 oktyabrda 18-23 daraja, 2-4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 1 oktyabrda 18-23 daraja, 2-4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 1-2 oktyabrda 22-27 daraja, 3-4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, 1 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 2 oktyabrda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, 3-4 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishni o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 1-2 oktyabrda 18-23 daraja, 3-4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishni o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar