Fransiyalik Alen Rober "O`rgimchak-odam" degan laqabi bilan barchaga tanish. Bu safar u Frankfurt polisiyasi tomonidan hech bir moslamasiz 154 qavatli osmono`par binoga chiqqani uchun qo`lga olindi.
Jamoatchilik tartibini nazorat qiluvchi soqchilar u eng yuqori qavatga chiqquncha va yana qaytib erga tushguncha kutib turishdi, keyin qo`lga olib, polisiya uchastkasiga olib ketishdi.
Mazkur osmono`par binoni zabt etish uchun dovyurak fransuzga bor yo`g`i 20 daqiqa kerak bo`ldi. 57 yoshli Alen Rober bunday ko`rsatkich bo`yicha tajribaga erishish uchun bir qancha mamlakatlardagi baland inshootlarning tomiga chiqib tushgan. Masalan u Kuala-Lumpurdagi "Petronas" minorasiga, Dubaydagi "Burj-Xalifa", Moskvadagi MDU binolari tomiga ko`tarilgan. U baland inshootlarga chiqishda hech qanday himoya vositalaridan yoki boshqa texnikalardan foydalanmagan va shuning uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.«Bunday faoliyat bilan shug`ullanuvchi odamlar balandlikka chiqishda tonnalab himoya vositalarini o`zi bilan olib yuradi va shularning yordamida qoyaga chiqish xavfsiz bo`lishiga ishonishadi. Mening esa xavfsizlik vositalarim – bu aqlim, miyam va kallam. Men faqat o`z kuchimga ishonaman va bu eng arzon, ishonchli va samarali vosita deb o`ylayman. Chunki bu ish bilan 44 yildan buyon shug`ullanyapman», – deydi Alen Rober.
Rober juda ehtiyotkorlik bilan harakatlanadi. U chiqqanda binolar ham hech qanday zarar ko`rmaydi. Biroq Rober qaerda bo`lmasin, qaysi bir mamlakatdagi osmono`par binoga tarmashmasin huquqni muhofaza qilish organlari uning aksiyalarini qo`llab-quvvatlashmaydi. Ularning ta`kidlashicha bu ish baribir o`zgalar yashayotgan binoga noqonuniy ravishda chiqish va jamoatchilik tartibini buzish hisoblanadi.
Ammo Rober sevimli mashg`uloti bilan 65-70 yoshigacha shug`ullanish istagi borligini ma`lum qilgan.