AsosiyJamiyat

Farg`onada sodir bo`lgan YTH oqibatida ikki maktabning direktor o`rinbosari halok bo`ldi

'Farg`onada sodir bo`lgan YTH oqibatida ikki maktabning direktor o`rinbosari halok bo`ldi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati hokimining tungi selektor yig`ilishiga ketayotgan ikki maktab direktori o`rinbosari ishtirokida sodir bo`lgan YTH to`g`risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ma`lum qilishicha, 29 sentyabr kuni soat 20:45 larda Dang`ara tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 25-sonli maktab direktori o`rinbosari M.D. Nexia rusumli avtomashinasini Qo`qon shahri tomon boshqarib ketayotib, yo`lni o`rtasiga o`rnatilgan beton to`siq ustiga chiqib ketganligi va yo`lni yorituvchi temir stolbaga urilishi natijasida avtomashinaga o`rnatilgan gaz balonidan yong`in sodir bo`lgan.

Yong`in natijasida avtomashina haydovchisi hamda old o`rindiqda bo`lgan yo`lovchi — Dang`ara tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 26-sonli maktab direktori o`rinbosari U.Sh.lar voqea joyida halok bo`lgan. Orqa o`rindiqda bo`lgan yo`lovchilar Dang`ara tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 38-sonli maktab direktori o`rinbosari T.L. va Dang`ara tumani Xalq ta`limi bo`limi qorovuli M.B. tan jarohati olgan hamda ularga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ma`lumotlarda Xalq ta`limi bo`limi xodimlari viloyat hokimiyatiga kechki selektor yig`ilishiga chaqirtirilganligi ko`rsatilgan, biroq o`rganishlar jarayonida shu kuni, ya`ni 29 sentyabrda Farg`ona viloyati hokimligida yig`ilish yoki selektor o`tkazilishi belgilanmaganligi, shuningdek, yo`l-transport hodisasiga uchragan haydovchi va yo`lovchilar o`zlarining shaxsiy yumushlari bilan Dang`ara tumanidan Qo`qon shahriga ketishayotganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar