AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk «Talabalar uyushmasi» tashkil etildi

'O`zbekistonda ilk «Talabalar uyushmasi» tashkil etildi'ning rasmi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida ilk bor talabalarning o`zini-o`zi boshqarish jamiyati — «Talabalar uyushmasi» tashkil etildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Mazkur uyushma talabalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning iqtidorlarini namoyish etishlari uchun keng imkon yaratish, yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Rivojlangan davlatlarning nomdor oliy ta`lim muassasalarida bunday uyushmalar o`z zimmasiga ijtimoiy muhitni nazorat qilish, talabalar ishtirokida turli loyihalarni amalga oshirish singari vazifalarni bajaradi.

Mazkur universitetda faoliyat yuritgan ko`ngillilar endilikda uyushmaga birlashdi. Universitet rahbariyati talabalarning ushbu tashabbusini ijobiy baholadi va ushbu uyushma faoliyatiga yo`l ochdi.

    Boshqa yangiliklar