Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko`ra, Namangan shahrida yoqqan yomg`ir oqibatida ko`chalarning birida suv to`lgan. Natijada avtomobillar o`tishga qiynalmoqda.
“Namangan shahar “O`n bir Ahmad” tarafdagi temir yo`li ko`prigi tarafdan moshinalar o`tishga qiynalmoqda. Tavakkal qilib o`taman desangiz, o`tavering, lekin yo`lning o`rtasiga kelib o`chib qolish xavfi bor”, deb yozgan video muallifi.
O`zbekistondagi avtomobillar yo`llar va mahalla ko`chalarida drenajlarning yo`qligi, yomg`ir yoqqan vaqtida ko`chalarda ariq yoki ko`llarning hosil bo`lishi yangilik emas. Har yili kuz oyi boshlanishi bilan toki yozgacha, ya`ni yomg`ir mavsumi tugaguniga qadar respublikaning barcha viloyatlaridagi ko`chalarda ko`lmak hosil bo`ladi. Hokimiyat vakillarining keyingi mavsumga qadar bu kamchiliklar bartaraf etiladi, degan munosabati berilishiga qaramay, keyingi yillarda ushbu holat yana takrorlanaveradi.