AsosiyJamiyat

Kuchli ta`sir qiluvchi moddalar ro`yxati tasdiqlandi

'Kuchli ta`sir qiluvchi moddalar ro`yxati tasdiqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (818-son, 27.09.2019 y.) .

Qaror bilan, 78 turdagi kuchli ta`sir qiluvchi moddalar ro`yxati hamda jinoiy harakatni tasniflashda ushbu moddalarning ko`p miqdor ko`rsatkichlari tasdiqlandi. Shuningdek, qaror bilan ushbu ro`yxatga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Sog`liqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilotlar hamda axborot vositalarining kuchli ta`sir qiluvchi moddalarni sotish hamda ularning noqonuniy muomalasi bo`yicha axborotini, dori vositalarini notibbiy maqsadlarda iste`mol qilish monitoringi natijalarini ko`rib chiqish Ekpert guruhining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ekspert guruhi o`z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar