AsosiyJamiyat

Euronews telekanalida Xivaga bag`ishlangan ko`rsatuv namoyishi boshlandi

Euronews telekanalida Uzbekistan Life turkumidagi ko`rsatuvlarning uchinchisi − «Xiva: sahro darvozasi» nomli ko`rsatuv namoyishi boshlandi, deb xabar qiladi daryo.uz.

Besh daqiqali reportajda «Qizilqum cho`li darvozasi, Buyuk Ipak yo`lining eng olis shaharlaridan biri, qadimiy yodgorliklar qo`riqxonasi, muhim arxeologik maydon bo`lgan Xiva shahri» haqida hikoya qilinadi.

Reportajda YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro`yxatidan o`rin olgan Ichaqal`a, Xiva nonlari, shaharda uchraydigan zardushtiylik bilan bog`lkiq belgilar, shuningdek, Xiva yaqinida joylashgan Ayozqal`a va Tuproqqal`a yodgorliklari haqida so`z boradi.

Eslatib o`tamiz, Euronews telekanalida Uzbekistan Life turkumida 28 oktyabr − 1 noyabr kunlari Samarqandga bag`ishlangan yangi ko`rsatuv efirga chiqqan bo`lsa, 25 dekabrdan Buxoro haqidagi ko`rsatuv namoyish etilishi boshlanishi xabar berilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar