AsosiyJamiyat

​Muftiy Usmonxon Alimov dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni orasida

'​Muftiy Usmonxon Alimov dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni orasida'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari jahonning eng nufuzli 500 musulmon ro`yxatidan joy oldi, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.

Ummonda joylashgan Sultonlik Islomiy ctrategik tadqiqotlar markazi tomonidan shu yilning 30 sentyabr kuni "Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni" ro`yxati e`lon qilindi.

Ushbu ro`yxat 2009 yildan beri Amerikaning George Town universiteti qoshidagi Shahzoda Al-Valid bin Talal markazi bilan hamkorlikda muntazam ravishda chop etib kelinadi.

Dunyoning eng qudratli musulmonlari ro`yxatini pokistonlik Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy boshlab beradi.

Ikkinchi o`rinda Eron Oliy diniy ruhoniysi Oyatulloh Said Ali Homanaiy keladi. Abu Dabi valiahdi Zayd Al-Nahyon uchinchi o`rinda.

Yuqori beshlikdan Iordaniya podshohi Abdulloh ibn al-Husayn va Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdul Aziz ol Saud joy olgan.

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bir necha yillardan buyon ushbu ro`yxatdan joy olib kelmoqda.

Amaldagi UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ham taniqli musulmonlar ichida.

Ro`yxatda musulmon liderlari yoki ulamolarining siyosatdan tortib din, matbuotdan tortib, san`at, ilm-fan va taraqqiyotga qo`shgan hissalari ham inobatga olingan.

“Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni” ro`yxati mualliflari bildirishicha, bu kabi tadqiqotlar Islom olamining dunyoga ijobiy ta`siriga xizmat qiladi, odamlarning Islom dinini yaqindan anglashlariga ko`maklashadi va Islomning maqsadi tinchlik va taraqqiyot ekanini ta`kidlaydi.

    Boshqa yangiliklar