AsosiyDunyo

​Nyu-Yorkda muhojirlarni kamsitganlar 250 ming dollargacha jarima to`laydi

'​Nyu-Yorkda muhojirlarni  kamsitganlar 250 ming dollargacha jarima to`laydi'ning rasmi

Nyu-York hukumati muhojirlarni diskriminasiya qilinishiga barham berish borasida yangi qoidalar tasdiqlandi.

Unga ko`ra endi mehmonxona xodimlariga o`z ona tilida gaplashishni taqiqlash, kvartira egalarining unda yashovchilar o`rtasida mojaro kelib chiqqanda migrasiya xizmatiga shikoyat qilish bilan tahdid qilishi yoki biror bir vaziyatda «ingliz tilida gapirish yoki o`z yurtiga ketish»ni talab qilish diskriminasiya deb hisoblanadi.

Yangi qoidaga ko`ra, «noqonuniy migrant» iborasini ishlatish ham taqiqlanadi.

Qayd etilishicha, qoidabuzarlar 250 ming dollargacha jarimaga tortiladi. Nyu-Yorkda qariyb 3,2 million aholi AQShdan tashqarida tug`ilgan bo`lib, ularning yarmi Amerika fuqarolari emas.

    Boshqa yangiliklar