O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko bilan birga Sergeli tumanidagi “Baxtli bolalik” nomli 44-son maktabgacha ta`lim muassasasiga tashrif buyurdi.
Yaqinda foydalanishga topshirilgan ushbu maktabgacha ta`lim muassasasi qurilishi haqida qisqacha axborot berildi. Bolalar bog`chasi 510 nafar bolaga, 3 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun 15 ta guruhga mo`ljallangan. U erda qariyb 60 nafar pedagogika xodimi va yordamchi xodimlar, shu jumladan tibbiyot xodimlari faoliyat olib borishi mumkin. Bolalarning ovqatlanishi autsorsing yordamida tashkil etiladi. Maktabgacha ta`lim muassasasining noodatiy loyihasi va dizayni uning o`ziga xos xususiyatidir. Bu zamonaviy innovasion bino bo`lib, keng yorug` vestibyulga, qulay joylashgan musiqa zali va kutubxonaga ega. O`yin o`ynash va sayr qilish maydonlari hamda hududlari xavfsiz o`yin uskunalari, tepaliklar, arg`imchoqlar, sport maydonlari va ochiq hovuzga ega.
Barcha guruhlarda zamonaviy mebel, audio, video apparatura, 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun barcha talablarga javob beradigan bolani rivojlantiradigan o`yinlar va o`yinchoqlar mavjud.Ta`lim olish makoni rivojlantiruvchi markazlar prinsipi bo`yicha qurilgan. U erda nutqni rivojlantirish va yozish, bilim olish, ijod qilish, qurish, konstruksiya yasash va matematika bilan shug`ullanish hamda syujet-rol o`yinlari o`ynash mumkin.








