AsosiyJamiyat

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va realizasiyasini monitoring qilish tartibi belgilandi

'Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va  realizasiyasini monitoring qilish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori (834-son, 02.10.2019 y.) bilan Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizasiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Davlat soliq qo`mitasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizasiya qilish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar to`g`risida ma`lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Ushbu ma`lumotlar asosida tadbirkorlarning hisobotlari, shuningdek, soliq to`lovchilarning majburiyatlari paydo bo`lishi (tugatilishi) to`g`risida tegishli tashkilotlardan olingan ma`lumotlar bilan solishtirish orqali kameral nazorat o`tkaziladi.

Kameral nazorat natijasida tafovut aniqlansa, soliq to`lovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan talabnoma yuboriladi.

Tadbirkorlarning faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilsa, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

    Boshqa yangiliklar