AsosiyJamiyat

​XTV Farg`onada o`quvchilarning polda o`tirgani aks etgan suratdagi holat yuzasidan izoh berdi

'​XTV Farg`onada o`quvchilarning polda o`tirgani aks etgan suratdagi holat yuzasidan izoh berdi'ning rasmi

Farg`ona shahridagi 24-umumta`lim maktabida o`quvchilarning polda o`tirgani aks etgan suratdagi holat viloyat xalq ta`limi boshqarmasi, viloyat va shahar hokimiyati hamda boshqa tashkilot mutasaddilari tomonidan o`rganib chiqildi, deya xabar beradi XTV matbuot xizmati.

Ma`lum bo`lishicha, maktabdagi barcha sinflarda darslar belgilangan jadval asosida o`z vaqtida o`tilmoqda. O`quvchilarga joy etishmasligi muammosi yo`q. 1-sinflarda ham odatdagi tartibda dars o`tilmoqda.

Maktab direktori Ixtiyor Mamajonovning ta`kidlashicha, ta`lim muassasasida 2 oktyabr kuni eski partalar yangilariga almashtirilgan. Yangilari qo`yilguncha ayrim xonalarda partalar bo`lmagan va internetda tarqalgan surat shu jarayonda olingan. Sinfda partalar 20 daqiqa davomida bo`lmagan. Hozirda sinfxonalar parta va stullar bilan to`liq ta`minlangan.

Ma`lumot uchun, 24-umumta`lim maktabi binosi 1973 yilda 1250 o`ringa mo`ljallab qurilgan. Maktab 2018 yilda Davlat investisiya dasturi asosida mukammal ta`mirlangan. Barcha zarur o`quv jihozlari va mebellar bilan to`liq ta`minlangan. Ayni paytda maktabda 2635 nafar o`quvchi ta`lim olmoqda.

    Boshqa yangiliklar