O`zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi Regulation.gov.uz portalida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi hisobidan loyihalari bo`yicha moliyaviy yordam ko`rsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida”gi buyrug`i loyihasi e`lon qilindi.
Loyiha mazkur ro`yxatga kiruvchi qatlamni shakllantirish maqsadida muhokamaga qo`yilgan.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari ro`yxati bilan mazkur havola orqali tanishishingiz va fikr mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin.
Hozirga qadar loyihabo`yicha takliflar soni 0 ni ko`rsatmoqda.






