AsosiyJamiyat

​Bosh prokuratura rahbariyati sayyor qabullarda 218 nafar fuqaroning murojaatini qabul qildi

'​Bosh prokuratura rahbariyati sayyor qabullarda 218 nafar fuqaroning murojaatini qabul qildi'ning rasmi

Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta`minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko`rish maqsadida joriy yil sentyabr oyiida Bosh prokuratura rahbariyati tomonidan sayyor qabullar o`tkazildi.

Xususan, Bosh prokuror o`rinbosari S.Saidkarimov tomonidan Toshkent shahar, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida aholi bilan sayyor qabullar o`tkazildi.

Sayer qabullar davomida jami 218 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Murojaatlarning 20 tasi joyida hal qilindi (qanoatlantirildi), 41 tasi Bosh prokuratura, 157 tasi hududiy prokuraturalar tomonidan ko`rib chiqilmoqda.

Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar