AsosiyJamiyat

​Toshkentdagi ko`zi ojizlar maxsus maktab internatida maxsus jihozlangan innovasion kompyuter markazi tashkil etildi

'​Toshkentdagi ko`zi ojizlar maxsus maktab internatida maxsus jihozlangan innovasion kompyuter markazi tashkil etildi'ning rasmi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan "Ko‘ngil ko‘zi" loyihasi doirasida Toshkent shahar ko`zi ojizlar maxsus maktab internatida maxsus jihozlangan innovasion kompyuter markazi tashkil etildi. Bu haqda Agentlik direktori o`rinbosari Saida Mirziyoeva o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Ushbu markaz ko`rish imkoniyati cheklangan bolalar uchun zamonaviy kommunikasion bilimlarni egallash, butunjahon internet tarmog`idan foydalanish ko`nikmalarini uyg`otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Agentligimiz tomonidan taqdim etilgan kompyuterlar maktab o`quvchilari imkoniyatlariga moslashtirilgan. Ya`ni, ekranda nutq interfeyslari orqali maxsus o`qish dasturi yordamida matn bloklari, yorliq nomlari va menyu bandlari ovozli eshitiladi.

Bundan tashqari, ushbu kompyuterlardagi 300dan ortiq audiomateriallar ko`rish imkoniyati cheklangan o`quvchilarning kitobxonlik ko`nikmalarini shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo`ladi.

“Bugun ana shu kompyuter markazining tantanali ochilish marosimini o`tkazib, maxsus maktab internat ixtiyoriga topshirdik. Sevimli adibimiz Abdulla Qodiriyning «O`tkan kunlar» romanining audio talqinini maktab fondiga sovg`a qildik”, — deb yozadi S.Mirziyoeva.

    Boshqa yangiliklar