AsosiyJamiyat

Ta`lim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beruvchi dastur joriy etilmoqda

'Ta`lim jarayonidagi kamchiliklarni  aniqlashga yordam beruvchi dastur joriy etilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi bergan ma`lumotga ko`ra, hozirgi kunda vazirlik o`quvchilarning o`qish (EGRA) va matematika (EGMA) bo`yicha qobiliyatlarni baholash tadqiqotlarini tizimga jori etish bo`yicha tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Mazkur tadqiqotlar boshlang`ich sinf o`quvchilarining o`zlashtirishini yaxshilash hamda ta`lim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlashga yordam berishi ta`kidlab o`tilgan.

Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida qo`llaniladi. Shuningdek, PISA, TIMSS, PIRLS kabi o`quvchilar bilimi darajasini baholash uchun xalqaro tadqiqotlar hamda dasturlar tayyorlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi.

Joriy yilning 9-18 oktyabr kunlari ta`lim jarayoniga xalqaro tajribalarni tatbiq etish, umumiy o`rta ta`lim maktablari boshlang`ich sinf o`quvchilarining o`qish va matematika fanlaridan bilimlarini aniqlash hamda bilim samaradorligini oshirish maqsadida Respublika ta`lim markazida o`quv-amaliy seminar tashkil etiladi.

Seminar-treningda EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturi haqida ma`lumot beriladi. Shuningdek, dasturni tizimga tatbiq etish vositalari ishlab chiqiladi. O`quv seminaridan so`ng EGRA va EGMA xalqaro tajribalari amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.

O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi tizimiga EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturlari AQShning USAID tashkiloti bilan hamkorlikda joriy etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar