AsosiyJamiyat

Samarqandda yana bir OTM filiali ish boshlaydi

'Samarqandda yana bir OTM filiali ish boshlaydi'ning rasmi

2019 yil 3 oktyabrda Hukumat tomonidan “Samarqand veterinariya medisinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi Huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi.

Qarorga muvofiq, Samarqand veterinariya medisinasi institutining Toshkent filiali institutning yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.

Filialda quyidagi bakalavr yo`nalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • Zooinjeneriya;
  • Veterinariya medisinasi;
  • Veterinariya-sanitariya ekspertizasi;
  • Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari.

Filialda o`quv jarayoni 2020/2021 o`quv yilidan boshlanadi va qabul qilinadigan talabalar soni respublika OTMlariga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqib belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar