29-sentyabr kuni soat 23.58 da Yunusobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko`ra, soat 23.30 da shahar 7-son klinik shifoxonasiga tan shikastlari bilan 27 yoshli shifokor Jahongir X. olib kelingan.
Aniqlanishicha, Jahongir X. o`z xizmat vazifalarini bajarish davomida 21 yoshli feldsher bilan birga chaqiruv tomon yo`l olgan. Etib kelishgach, o`zini yomon his qilayotgan Dildora M.ga ukol qilib, uni shifoxonaga etkazishdi. Qizning shifoxonaga mast holatda kelgan 29 yoshli akasi Mirhayot M. avval shifokorlarni haqorat qilib, so`ng Jahongir X.ni urgan.
Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.






