AsosiyJamiyat

​Xalq ta`limi vazirligi 2020 yilda tizimni rivojlantirish bo`yicha takliflar yig`moqda

'​Xalq ta`limi vazirligi 2020 yilda tizimni rivojlantirish bo`yicha takliflar yig`moqda'ning rasmi

Bugungi kunda xalq ta`limi tizimiga davlat siyosati darajasida e`tibor berilmoqda. 2018 yilda O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi so`rovnoma o`tkazib, tizimda qator islohotlar olib borildi.

Birinchi o`rinda, o`qituvchilarning oyliklari oshirildi va ularning jamiyatdagi mavqeini ko`tarish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. O`qituvchilar yuritishi kerak bo`lgan hujjatlar soni 7 tadan 3 taga qisqardi.

Maktablarning infratuzilmasini yaxshilash bo`yicha mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Tizimga axborot texnologiyalari joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, oldimizda umumiy o`rta ta`lim tizimini rivojlantirish, ta`lim sifatini yanada oshirish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish kabi vazifalar turibdi. Xalq ta`limi vazirligi hozirda 2020 yil uchun asosiy islohotlar yo`nalishlarini belgilab olish ishlarini boshlagan.

Shu munosabat bilan, xalq ta`limi tizimi xodimlari va sohaga befarq bo`lmaganlar shaxslar quyidagi havolada keltirilgan shakl orqali 2020 yilda amalga oshirilishi zarur bo`lgan islohot va ularni amalga oshirish bo`yicha takliflarni qoldirishlari mumkin.

Takliflarni 2019 yil 7 oktyabr soat 18.00ga qadar berishingizni so`raymiz. Mamlakatimizda xalq ta`limi tizimini rivojlantirish uchun o`z hissangizni qo`shing.

    Boshqa yangiliklar