O`zbekiston Jurnalistlari uyushmasi Farg`ona viloyati bo`limi “Ozodlik” radiosining “Farg`ona azot” korxonasi ishchilariga “paxtaga chiqmasa ishdan haydalish bilan tahdid qilinayotgan”ligi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi.
"Agar mish-mishlar tarqatish bo`yicha jahon musobaqasi o`tkazilsa, hech shubha yo`qki, unda “Ozodlik” radiosi g`olib bo`lardi.
Emishki, “Farg`ona azot” korxonasi ishchilariga “paxtaga chiqmasa ishdan haydalish bilan tahdid qilinayotgan” mish. Bu axborotning na muallifi bor, na sanasi va na shunday degan “ishchi” ismi sharifi bor.
-Bu qanday tuhmat, ig`vo, bo`hton, — deydi korxona kasaba uyushmasi raisi Ilhom Abduvohidov. – Bizga hech kim paxta terimiga chiqish haqida biron og`iz ham gapirmagan, umuman bu mavzu tilga olinmagan. Qaysi manbaaga tayanib, “Ozodlik” bunday asossiz axborotni tarqatadi?
— Biron korxonadan kimdir paxta terimiga jalb etilsa, men albatta bilgan bo`lardim,-deydi Farg`ona shahar hokimi Xamidjon Habibiddinov. – “Ozodlik” tuhmatchilik yo`lidan qaytmas ekanda!
Darhaqiqat, paxta pishib etilyapti. Klaster usuli tashkilotchilari uni yig`ib olish choralarini ko`rmoqdalar. Vaqtincha ishsiz odamlarni ularning roziligi va istagiga ko`ra ro`yxatga oldilar. Bir kilogram paxta tergani uchun 800-1500 so`m to`lov belgilandi. Bundan tashqari transport, oziq-ovqat klaster muassislari zimmasida bo`ladi. Ammo… hali terim boshlanmadi. “Farg`ona azot” ishchilarining paxta terimiga jalb etilishi esa “oydagi afsona”dir.
“Ozodlik” jurnalistlari (agar ularni shunday deb atash mumkin bo`lsa) qachon xolislik ko`chasiga yuz tutarkin? Yoki ular yolg`onning umri qisqa ekanligini bilishmasmikan?", — deyiladi axborotda.






