AsosiyJamiyat

​MIB tomonidan “Qishloqqurilishbank” foydasiga 3,5 milliardga yaqin kredit qarzini undirdi

'​MIB tomonidan “Qishloqqurilishbank” foydasiga 3,5 milliardga yaqin kredit qarzini undirdi'ning rasmi

Buxoro viloyati iqtisodiy sudining joriy yil 20 fevral kungi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “OTEL NUKUS” MChJ dan undiruvchi AKB “Qishloqqurilishbank” Nukus filiali foydasiga 3 mlrd. so`m asosiy qarz, 337 mln. 303,4 ming so`m kredit foizi, shuningdek, ustama va pochta xarajatlarini undirish, undiruvni esa garovga qo`yilgan mehmonxona va kafe binosiga qaratish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Byuroning Nukus shahar bo`limi ish yurituviga 7 mart kuni kelib tushgan va shu kunning o`zida ijro ishi qo`zg`atilgan, deb yozadi O`zA.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorga sud qarorining ijrosini ta`minlash uchun ixtiyoriy muddat beriladi va bir necha bor ogohlantiriladi.

Lekin, ogohlantirishlarga qaramasdan kredit qarzdorligi qoplanmaganligi sababli, garovdagi mehmonxona va kafe binosi bo`lim davlat ijrochilari tomonidan garovga qo`yilgan 3,9 mlrd. so`mlik mehmonxona va kafe binosi xatlovga olindi.

Xatlangan mehmonxona va kafe binosi qisqa muddat ichida elektron onlayn-auksion savdo maydonchasiga chiqarilib sotildi.

Natijada, 3 mlrd. 337 mln. 303 ming so`mlik kredit qarzdorligi bank foydasiga to`liq undirildi.

    Boshqa yangiliklar