Anjelina Joli va Bred Pittlar bolalar tarbiyasiga alohida e`tibor qaratishmoqda. Ular farzandlariga ko`proq vaqt ajratishga, imkoni boricha ular bilan bo`lishga harakat qilishmoqda.
Joli rejisserlik qilgan “Sinmas” filmini tasvirga olish davrida oila bir necha oy Avstraliyada yashadi. Bolalar suratga olish maydonchasida doim onasiing yonida bo`lishdi. Aktrisa farzandlari va ishini muvofiqlashtirganligini aytdi: “Men monitor oldida ekanman, kichkintoylar mening tizzamda o`tirishlari mumkin. Qolganlari esa uy vazifalarini bajarishadi. Ularning eng kattasi Meddoks rejisser assistenti bo`lib ishladi. Juda yaxshi epladi. U bilan faxrlanamiz”.
Avval Joli va Pitt bolalari xalqaro liseyda o`qishardi, endi esa uy sharoitida ta`lim olishmoqda.





