Kuni kecha bo`lib o`tgan “E`tirof-2014” mukofoti g`oliblarini aniqlash va taqdirlash marosimida mukofot joriy yilning eng yaxshilari, eng munosiblariga topshirildi.
Ikkinchi marotaba "E`tirof" mukofotini taqdirlash marosimi madaniyat va san`at namoyandalari, yozuvchi va shoirlar, kino, teatr, musiqa va raqs, tasviriy san`at sohasi fidoyilari, keng jamoatchilik vakillari, ustoz-murabbiylar hamda muxlislarni "Istiqlol" san`at saroyiga chorladi.

O`ziga xos ko`rinishga ega orkestr jo`rligidagi musiqa va jonli haykallar mehmonlarni hayratlantirdi.
Taqdirlash marosimini Teatr yo`nalishidagi “Yilning eng yaxshi spektakli” nominasiyasida Surxondaryo viloyat drama teatrining “Oydin” dramasi g`olib deb topildi.

Mukofot quyidagi nominasiyalarda o`z egalariga topshirildi:
“Yilning eng yaxshi murabbiyi” Aleksandr Kim.
“Yilning eng matonatli sportchisi” Miran Saxatov.

“Xizmatlari uchun” milliy mukofoti Mirzohid Rahimov oilasiga topshirildi.
“Yilning eng yaxshi radiojurnalisti” Dildora Mardieva.
“Yilnig eng yaxshi teleradioboshlovchisi” Shunqor Choriev.
“Yilning eng yaxshi teleloyihasi” “Imkon-shou”.

“Yilning eng yaxshi radioloyihasi” O`zEOAVMAning “Kun tafsloti” dasturi.
“Yilning eng yaxshi baletmeysteri” Rushana Sultonova.
“Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi” Shodiyora Omonova.
“Yilning eng yaxshi bastakori” Musaxon Nurmatov.
“Yilning eng yaxshi an`anaviy ijrochisi” Ilyos Arabov.
“Yilning eng faol guruhi, ansambli, orkestri” “Sharq” guruhi.

“Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi” Munisa Rizaeva.
“Yilning eng yaxshi estrada xonandasi” Ulug`bek Rahmatullaev.
“Yilning eng yaxshi filmi” “Geolog. O`limdan kuchli”.
“Yilning eng mohir hunarmandi” Odilbek Matchonov.
"Yilning eng mohir haykaltaroshi" Jonishbek Quttimurodov.
“Yilning eng yaxshi rassomi” Valeriy Enin.
"Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi" Lola Eltoeva va "Yilning eng yaxshi teatr aktyori" Umirbay Qosimbetov.

"Yilning eng yaxshi akteri" Mirza Azizov, aktrisasi esa Asal Shodieva.

"Sport malikasi" nominasiyasida g`oliblik Osiyo o`yinlari chempioni gimnastikachi Jamila Rahmatovaga nasib etdi. Begzod Abdurahmonov eng yaxshi sportchi deya topildi.





