AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva matbuot kotiblariga vazifalarini yana bir bor eslatib qo`ydi

'Saida Mirziyoeva matbuot kotiblariga vazifalarini yana bir bor eslatib qo`ydi'ning rasmi

4 oktyabr kuni Prezident Adminstrasiya huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida vazirliklar, qo`mitalar, hokimliklar va boshqa yirik davlat tashkilotlarining matbuot kotiblari – axborot siyosati masalalari bo`yicha rahbar maslahatchilari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi.

Tadbirda qatnashgan agentlik direktori o`rinbosari Saida Mirziyoeva yig`ilish natijalariga ko`ra o`zining rasmiy sahifasida quyidagi postni qoldirdi:

“Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali yoritish uchun nimalar qilish kerak? Prezidentimizning 27 iyunda qabul qilingan hamda O`zbekiston matbuot xizmatlari uchun ma`lum ma`noda tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan qarorining ijrosi qanday? Bugungi davrda davlat organlari axborot xizmatlari oldida qanday ustuvor vazifalar turibdi?

Shu va boshqa dolzarb masalalarni bugun Agentligimizda bo`lib o`tgan davlat organlari matbuot xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvda muhokama qildik. Ishtirokchilar tezkor va xolisona axborotning eng birinchi manbasiga aylanishi, OAV va jamoatchilik so`rovlariga zudlik bilan munosabat bildirishi lozimligini yakdil e`tirof etdi. Shuningdek, matbuot xizmatlarining mamlakatimiz axborot xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini ta`minlashdagi o`rni xususida so`z yuritildi.

Umid qilamanki, matbuot xizmatlari xodimlari kontentni faol shakllantirib, OAV va jamoatchilik, qolaversa, hamkasblari bilan yanada yaqin hamkorlik qilib, zimmasiga yuklatilgan g`oyatda muhim vazifani samarali bajarishga intiladilar” – deya so`zlariga yakun yasagan Saida Mirziyoeva.

    Boshqa yangiliklar