O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 2 yanvar kunini dam olish kuni deb e`lon qilish to`g`risidagi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi.
Qarorda aytilishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2015 yil 2 yanvar juma kuni dam olish kuni deb e`lon qilinadi.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 132-moddasiga asosan texnik ishlab chiqarish va boshqa sharoitlarga ko`ra ishni to`xtatib turish mumkin bo`lmagan joylarda, shuningdek, aholiga xizmat ko`rsatish zarurati bo`lgan holatlarda ishlashga yo`l qo`yilishi qayd etilgan.
Bajarilgan ishlar uchun kompensasiya va haq to`lash O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi ham belgilab qo`yilgan.
Ushbu qaror O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2014 yil 26 dekabr kuni imzolangan.





