AsosiyDunyo

Dunyodagi eng past soliq stavkasi joriy etilgan davlatlar reytingi aniqlandi

'Dunyodagi eng past soliq stavkasi joriy etilgan davlatlar reytingi aniqlandi'ning rasmi

Soliq raqobatbardoshligi xalqaro indeksi (ITCI) mamlakatlarning soliq tizimi ikki muhim jihat: raqobatbardoshlik va neytrallik talablariga qanchalik javob berishini ko`rsatib beradi. Bu jihatdan soliq stavkalari eng past mamlakat — Estoniya olti yildan beri reyting etakchiligini saqlab qolmoqda.

Ushbu reytingda soliqlar eng past mamlakatlar op-10 guruhiga Estoniyadan keyin Yangi Zelandiya, Latviya, Litva, Shveysariya, Lyuksemburg, Avstraliya, Shvesiya, Niderlandiya va Chexiya kiritilgan.

Reyting natijalariga ko`ra Fransiya eng oxirgi o`rinda qayd etildi. Undan sal tepada — Polsha, Italiya, Portugaliya va Chili.

Rossiya va MDH mamlakatlarini tahlilchilar reytingga kiritib ham o`tirishmadi.

Ma`lumot uchun: AQShda 1937 yili asos solingan «Tax Foundation» markazining ushbu indeksi so`nggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslarga tushayotgan soliq yuklari qanchalik og`irlashib borayotganini ko`rsatadi. Indeksni tuzishda har bir mamlakatning ko`rsatkichlari besh sohada ko`rib chiqiladi: korporativ soliqlar, individual daromad soliqlari, iste`mol soliqlari, ko`chmas mulkka solinadigan soliqlar hamda xorijdan olingan daromadga solinadigan soliqlar.

Indeks (ingliz tilida) bilan ushbu ilova orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar