AsosiyJamiyat

Yong`indan jabr ko`rganlarga 100 mln. so`mdan ziyod yordam berildi

'Yong`indan jabr ko`rganlarga 100 mln. so`mdan ziyod yordam berildi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi rahbar xodimlari va Toshkent shahar imom-xatiblari poytaxtimizning Shayxontohur tumani “Oqlon” mahallasida yong`indan jabr ko`rgan to`rtta xonadon ahlidan xabar oldi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ulamolar va imom-domlalar aziyat chekkanlarga tasalli berib, bunday talofatda qilgan sabrlari ajru savoblarga noil bo`lishini so`zlab berdilar. Yong`indan jabr chekkan xonadon ahllariga 100 million so`mdan ziyod pul mablag`lari topshirildi.

Shuningdek, ushbu xonadonlarga mahalla ahli astoydil yordam ko`rsatayotgani, yong`in bo`lgan xonadonlarni qayta qurish ishlari hashar yo`li bilan bajarilishiga e`tibor qaratish va ana shunday og`ir damlarda mahalla ahlining ittifoqligi juda ham katta oliy fazilat ekani alohida ta`kidlandi.

Ulamolarning hol-ahvol so`rab kelganidan taskin topgan mahalla ahli va xonadon egalari shunday og`ir damlarda tashrif buyurganlari va ko`ngillarini ko`targanlari uchun minnatdorlik bildirdilar.

 

    Boshqa yangiliklar