AsosiyJamiyat

“Zarkent bobo” ziyoratgohidagi shirk amal to`xtatildi

'“Zarkent bobo” ziyoratgohidagi shirk amal to`xtatildi'ning rasmi

Avval Toshkent viloyatidagi “Zarkent bobo” ziyoratgohida qabr tavof qilinayotgani, ustunlar o`pilayotgani, zinalarga bosh qo`yib, sajda etilayotgani kabi shirk holatlarga nisbatan O`zbekiston musulmonlari idorasi o`z munosabatini bildirgan edi.

O`z navbatida O`zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Parkent tumani imom-xatiblari tomonidan ziyoratgohda kuzatilgan dinimizga zid amallarni bartaraf etish choralari ko`rildi va u erdagi holat doimiy nazoratga olindi, deya xabar beradi Idora matbuot xizmati. Ushbu tuman imom-xatiblari tomonidan muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Islom dinida bayon etilgan ziyorat odoblari aks etgan peshlavhalarni idora tasarrufida bo`lmagan qadamjolarga ham joylashtirish bo`yicha sa`y-harakatlar Diniy idora tashabbusi bilan boshlandi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi yana bir bor shu kabi o`z tasarrufida bo`lmagan ziyoratgohlarning mas`ullarini mana shunday ko`ngilsiz holatlar yuzaga kelishining oldini olish, ziyorat odoblarini tushuntirish borasida hamkorlikka doim tayyor ekanini ma`lum qiladi.

 

    Boshqa yangiliklar