Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab O`zbekistonda QQS stavkasi 20%dan 15%gacha kamayganligi sababli chipta narxi mos ravishda pasaytirildi. Bu haqida “O`zbekiston temir yo`llari” AJning matbuot xizmati xabar berdi.
Qo`shilgan qiymat solig`i stavkasining pasayishi “O`zbekiston temir yo`llari” AJning barcha mahalliy va xalqaro poezdlari uchun komissiya yig`imiga ham tegishli.