Ijodini boshlaganiga bu yil 10 yil to`lgan "Sado" ansambli kelgusi yilning fevral oyida navbatdagi yangi albomini muxlislariga taqdim etadi.
Ayni damda yangi qo`shiqlar va videokliplar yaratish bilan band bo`lgan guruh a`zoari qizg`in ijod bilan band. Qolaversa, yangi yil tadbirlari-yu, bayram kechalarida o`z ishtiroki bilan muxlislariga quvonch ulashayotgan Akbar yangi qo`shig`ini keng omma hukmiga havola etdi.
Premera qilingan yangi tarona "Boylikda" deb nomlangan bo`lib, milliy ohanglarga yo`g`rilgan va sho`x, samimiy tilaklarga boy qo`shiq, desak adashmagan bo`lamiz.
"Boylikda" taronasining musiqasini Nail Sheymardonov bastalagan bo`lib, Rinat Abubakirov musiqiy sayqal bergan. Qo`shiq matni esa Gulbahor Mo`minova qalamiga mansub.
Akbarning aytishicha, 2015 yil "Sado" ansamblining o`n yillik ijodiga bag`ishlangan katta tadbir o`tkaziladi. Qaerda va aynan qachon ekani xozircha sir tutilmoqda.
popcorn.uz





